Pokistonda TikTok taqiqlandi
Pokistonda eng ommalashgan TikTok ijtimoiy tarmog‘i sud qarori bilan taqiqlab qo‘yildi, deb bayonot berdi mamlakatning telekommunikatsiyalarni tartibga solish idorasi vakili Xurram Mehran.
"Sud Pokiston telekommunikatsiya boshqarmasidan TikTok ilovasiga kirishni bloklab qo‘yishni so‘radi", - dedi Mehran Dawn gazetasiga bergan intervyusida.
Bundan avvalroq Peshovar oliy sudi ilovani taqiqlash bo‘yicha buyruq berishini ma’lum qilgan edi. Chunki ariza beruvchining fikricha, ilovada uyatsiz kontentlar tarqatilmoqda.
Pokistondagi TikTok vakili sudning ushbu qaroridan xabardor ekanini ma’lum qilgan va bu haqda kompaniya keyinroq izoh berishini qo‘shimcha qilgan.
Pokistonda TikTok ilovasi o‘tgan yilning oktyabr oyida ham taqiqlangan edi. Lekin kompaniya akkauntlarni mahalliy qonunlarga muvofiq tarqatishni zimmasiga olgandan keyin oradan o‘n kun o‘tib ilovaga qo‘yilgan taqiq bekor qilingandi.