Pochettino: “Balogun mojarasi mag‘lubiyatimiz uchun bahona bo‘la olmaydi”
Biz o‘z darajamizni ko‘rsata olmaganimizni shu voqea bilan oqlash noto‘g‘ri.
Maurisio Pochettino JCH–2026 1/8 finalida Belgiya milliy terma jamoasidan 1:4 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Folarin Balogun diskvalifikatsiyasi bekor qilingani atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.
"Shaxsan men kimnidir haqorat qilish, salbiy izohlar yoki hatto tahdidlar yo‘llashning ma’nosini tushunmayman. Men terma jamoa bosh murabbiyiman, qoidalar esa federatsiyaga futbolchini o‘yinga qo‘yish uchun murojaat qilish imkonini beradi. Mening vazifam jamoani tayyorlash edi.
Agar Balogun FIFA Intizom qo‘mitasi qarori bilan o‘ynash huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsa, bu men uchun muammo emas edi.
Ammo shaxsan meni xafa qilgani shundaki, juda ko‘p odamlar siyosat, manipulyatsiya, axloq va halollik haqida gapira boshladi. Bu bizning mag‘lubiyatimizga bahona bo‘la olmaydi. Biz o‘z darajamizni ko‘rsata olmaganimizni shu voqea bilan oqlash noto‘g‘ri", — dedi Pochettino.
Ma’lumot uchun, Belgiya milliy terma jamoasi JCH–2026 chorak finalida Ispaniya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.