Pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi
Payariq tuman ichki ishlar bo‘limi sohaviy xizmatlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda YPX xodimlari tomonidan "Kobalt" rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomobilning orqa yukxonasida 36 quti “Treniya”, 32 quti “Britannik”, 20 quti “Mikki-maus, 7 dona “Noviy vek” nomli va boshqa pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ushbu pirotexnika vositalarini fuqaro 4 million 240 ming so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Hozir mazkur holat yuzasidan Payariq tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri