Pike bo‘lajak mundial g‘olibi va kutilayotgan natijalar borasida o‘z taxminlarini bildirdi
Tajribali sportchi nufuzli turnirning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z taxminlarini taqdim etgan.
«Barselona» va Ispaniya milliy terma jamoasining sobiq a’zosi, taniqli futbolchi Jerar Pike 11-iyun kuni start oladigan jahon chempionati oldidan o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
Tajribali sportchi nufuzli turnirning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z taxminlarini taqdim etgan. Xususan, Pike bo‘lajak chempionatda Ispaniya terma jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
Pikening jahon chempionati bo‘yicha taxminlari quyidagicha:
Musobaqa kashfiyoti: Armando Gonsales (Meksika);
Eng yaxshi to‘purar: Kilian Mbappe (Fransiya);
Asosiy omadsiz jamoa: Braziliya terma jamoasi;
«Syurpriz» jamoa: Marokash terma jamoasi;
Final uchrashuvi: Ispaniya – Fransiya;
Chempion: Ispaniya terma jamoasi;
Eng yaxshi futbolchi: Lamin Yamal.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yili Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasi g‘alaba qozongan edi. 2026-yilgi mundial futbol tarixida birinchi marta 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqaga AQSH, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladi.