Peshqadamlik uchun kurash boshlandi
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston XX chempionati birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston XX chempionati birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.Mazkur chempionatda o‘nta jamoa o‘zaro raqobatlashmoqda.
Dastlabki turda “Olmaliq” futbolchilari Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Paxtakor” – “Maksam-Chirchiq” uchrashuvi 2:5 hisobida yakunlandi.
“Ardus” jamoasi futbolchilari yirik hisobda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. “Lokomotiv” jamoasi bilan maydonga tushgan “Ardus” jamoasi raqiblaridan 11:1 hisobida ustun keldi. “Nafis” jamoasi bilan bahslashgan “Kogon” jamoasi 5:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Do‘stlik” – “Turon” bahsida 3:3 hisobi qayd etildi.