Pedagoglar ta’lim yangiliklari bilan tanishdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.
Yangi o‘quv yili avvalida ta’lim sohasidagi yangiliklar, ma’lumotlar bilan pedagoglarni tanishtirish, xabardor etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda tashkil etilgan ustozlar forumida pedagoglar tizimda olib borilayotgan islohotlar, o‘quv jarayoniga tatbiq etilayotgan ilg‘or metodikalar bilan batafsil tanishtirildi.
[gallery-24886]
Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, tumanda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan o‘qituvchilar va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda kasaba uyushmalari bo‘limi tomonidan faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Forumda yangi darslik va metodikalar, zamonaviy o‘qitish usullari, maktab imkoniyatlari, Janubiy Koreya tajribasi asosidagi o‘yinga asoslangan ta’lim bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA