“Pedagog” teatr studiyasi g‘olib bo‘ldi
Andijonda “Eng faol talabalar teatr studiyasi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyati Qo‘g‘irchoq teatrida o‘tkazilgan tanlovda viloyatdagi 7 ta davlat oliy ta’lim muassasasi talabalar teatr studiyalari jamoalari ishtirok etib, o‘zlarining iste’dod va mahoratlarini namoyish etdi.
Turli mavzulardagi qiziqarli spektakllar namoyishi, rang-barang va o‘ziga xos chiqishlar bilan o‘tgan tanlovning yakuniy natijalarga ko‘ra, Andijon davlat pedagogika institutining “Pedagog” talabalar teatr studiyasi jamoasi g‘olib deb topilib, tanlovning navbatdagi bosqichiga yo‘llanma oldi.
[gallery-16470]
G‘olib va ishtirokchi jamoalar tanlov tashkilotchilari tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari