PAYSEND – MKBANKda yangi turdagi pul o‘tkazmasi
Yangi yildan MKBANKda PAYSEND – xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
2025 yilning birinchi choragida MKBANKda PAYSEND xalqaro pul o‘tkazmasi tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. Shu maqsadda bank va PAYSEND xalqaro pul o‘tkazmasi o‘rtasida NDA shartnomasi imzolandi. Endilikda qolgan shartlarni kelishib olish maqsad qilingan.
Ta’kidlash kerakki, PAYSENDda dunyoning 170 dan ortiq mamlakatiga onlayn o‘tkazmalar mavjud bo‘lib, pulni o‘zingizga qulay – bank kartalari va hisob raqamlariga yoki oddiygina mobil raqam orqali ham o‘tkazishingiz mumkin. Bunda bankimiz mijozi bo‘lsangiz, pul o‘tkazmalarini yuborish va (yoki) qabul qilib olish uchun bankka kelishingiz shart emas.
PAYSEND real vaqt tartibida turli mamlakatlarning bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda dunyodagi juda qulay shartlarni taqdim etuvchi xizmat hisoblanadi.
Shuningdek, PAYSEND kartalarni tekshirish va firibgarlikdan himoya qilish uchun o‘z dasturlaridan foydalanadi.
MKBANK sizga barcha pul o‘tkazmasi tizimlari orasidagi eng arzon – PAYSEND xizmatini taklif etadi!
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida