Patronaj hamshiralari velosipedda yuradi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan 38 nafar patronaj hamshiralariga olis qishloqlardagi aholi xonadonlariga qatnovni amalga oshirishlari uchun velosi¬ped berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan 38 nafar patronaj hamshiralariga olis qishloqlardagi aholi xonadonlariga qatnovni amalga oshirishlari uchun velosi¬ped berildi.
Amudaryo tumanida yashayotgan 197 mingdan ziyod aholiga 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 7 ta qishloq oilaviy poliklinikasi va 2 ta qishloq vrachlik punkti orqali birlamchi tibbiy va patronaj xizmati ko‘rsatiladi. Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlariga biriktirilgan 132 ming 500 nafardan ziyod aholi salomatligiga 54 nafar umumiy amaliyot shifokori, 253 nafar o‘rta tibbiyot xodimi va shundan 150 nafar patronaj hamshiralar mas’ul hisoblanadi.
Tuman markazidagi 10 ming 590 ta xonadonda yashovchi 64 mingdan ortiq aholi esa ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikadagi 29 nafar umumiy amaliyot shifokori va 103 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, shundan 71 nafar patronaj hamshiralari tibbiy xizmatidan foydalanadi.
Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida aholiga patronaj xizmati ko‘rsatish bo‘yicha tumanda 221 nafar patronaj hamshiralari mehnat qilmoqda.
Patronaj xizmati homilador ayollar, go‘daklar, yosh oilalar, keksalar, yangi farzand ko‘rgan ayollar va parvarishga muhtoj yolg‘iz qariya, nogiron hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uy sharoitida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimidir. Aholi salomatligiga javobgar yo‘nalish bo‘lgan patronaj xizmati rivojidan, avvalo, onalar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni to‘liq patronaj tizimi bilan qamrab olish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Patronaj hamshiralari yosh oilalar, fertil yoshidagi ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligini o‘z vaqtida kuzatib borish bilan birga o‘zlariga biriktirilgan aholi xonadonlariga muntazam ravishda borib, turmush tarzi, sanitariya holatlarini ham o‘rganmoqda. Xonadonlarda shaxsiy gigiena qoidalari, ovqatlanish madaniyati, hovlidagi chiqindilarni yig‘ish va chiqarish tartiblari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazmoqda. Har bir uydagi oshxona, hojatxona, yuvinish xonalarini toza tutish, ularni belgilangan tartibda saqlash qoidalarini tushuntirmoqda.