Partiyalarning xalq bilan muloqoti muammolar yeçimida öz ovoziga ega bölmoqda
Siyosiy partiyalarning jamiyatdagi örni haqida söz borganda, odatda saylovlar, deputatlik örinlari, partiya dasturlari va siyosiy tadbirlar tilga olinadi. Ammo, bugungi kunda siyosiy partiya faoliyatining haqiqiy samarasi, avvalo, odamlar hayotida qanday özgariş yuzaga kelayotgani, saylovçilar oldidagi masʼuliyati, jamoatçilik uçun muhim masalalar yuzasidan pozitsiyasi, eng muhimi, qanday amaliy natijalarga olib kelayotgani bilan belgilanmoqda.
Bugun Özbekistondagi köppartiyaviylik tizimi taraqqiyotini baholaşda ana şu savollar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Çunki demokratik jarayonlarning mazmuni nafaqat turli siyosiy partiyalarning mavjudligi, balki ularning jamiyatdagi örni, siyosiy raqobat mazmuni, saylovçilar bilan munosabati, davlat qarorlariga taʼsir körsatiş imkoniyatlari va jamoatçilik oldidagi hisobdorligi jihatidan ham muhim. Toşkent viloyatida keçayotgan jarayonlar bu jihatdan alohida eʼtiborga loyiq.
Sönggi davrda siyosiy partiyalarning aholi bilan bevosita muloqotga köproq eʼtibor qaratayotgani kuzatilmoqda. Sayyor qabullar, hududlarda xalq orasida böliş, deputatlar iştirokida oçiq muloqotlar, ijtimoiy obʼektlarni örganiş, aholi murojaatlarini joyida körib çiqiş şaklidagi çora-tadbirlar partiya taşkilotlari faoliyatining muhim yönalişlariga aylanmoqda.
Toşkent viloyatidagi partiya taşkilotlarining oçiq axborot maydonida yöllar, içimlik suvi, tibbiy xizmat, taʼlim, bandlik, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik va ekologik masalalar kabi turli muammolar kötarilayotganini köriş mumkin. Muhimi, partiyalar uşbu masalalarni özining siyosiy kun tartibiga olib çiqmoqda, sabablarini tahlil qilib, yeçimini taʼminlaş uçun siyosiy mexanizmlardan foydalanmoqda.

Şu örinda O'zLiDeP partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi xalq murojaatlarini örganiş, ularga aniq yeçim topiş va fuqarolar manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan amaliy yondaşuvni ifoda etadi. Dastur doirasida birgina Toşkent viloyatining tuman va şaharlarida yuzga yaqin sayyor qabullar ötkazilgan, beş mingdan ziyod murojaat onlayn platformaga kiritilib, 1 ming 233 nafar fuqaroga amaliy yordamlar körsatilgan. “Yurakka yöl” aksiyasida 120 mingdan ziyod xonadonlar qamrab olinib, 51 nafar fuqaroning yaşaş xonadoni taʼmirlangan.
Partiyalarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida uçraşuvlar, sayyor qabullar, deputatlar faoliyati, jamoatçilik nazorati va turli taşabbuslar haqida muntazam axborot berib borilmoqda. Bu jihat oçiqlikni taʼminlaş bilan birga, saylovçilar oldidagi hisobdorlik, dasturiy maqsadlar ijrosining közgusi bölib xizmat qilmoqda.
Masalan, Özbekiston Ekologik partiyasi Toşkent viloyati Kengaşi öz faoliyatida ekologik muammolarni aniqlaş, aholi murojaatlarini hal etiş va jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratmoqda. Yaşil hududlarni asraş, daraxt köçatlarini parvarişlaş, suv taʼminoti va sanitariya holatini yaxşilaş böyiça amaliy işlar partiya va deputatlarning aholi bilan bevosita muloqotini namoyon etadi.
Xalq demokratik partiyasi viloyat kengaşi faoliyatida esa odamlarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qiliş, dolzarb muammolar yuzasidan amaliy yeçimga erişiş ustuvorlik kasb etmoqda. Deputatlik sörovlari, saylovçilar bilan bevosita muloqotlar orqali tibbiy xizmat sifati, dori-darmon taʼminoti, taʼlim va ijtimoiy himoya masalalari qamrab olinmoqda.
“Milliy tiklaniş” DP viloyat kengaşida milliy özlik, madaniy meros va qadriyatlarga, “Adolat” SDP viloyat kengaşida qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatga köproq urğu bergan faoliyat kuzatilmoqda. Ayniqsa, ayrim murojaatlarning aniq natija bilan yakunlanayotgani deputatlar va ular mansub partiya işining samaradorligini körsatadi.
Umuman, siyosiy partiyalarning hududiy faoliyatida aholi manfaatlarini taʼminlaş, ijtimoiy adolat va deputatlik masʼuliyatini kuçaytirişga yönaltirilgan amaliy yondaşuv kuzatilmoqda. Raqamli maydon esa jamoatçilik fikrini örganadigan, muammolar muhokama qilinadigan, deputatlar faoliyati yuzasidan hisobdorlik namoyon böladigan oçiq muloqot maydoniga aylanib bormoqda.
Deputatlarning har bir murojaatga munosabati orqali uning masʼuliyati, partiyaning aniq pozitsiyasi va amaliy natija orqali odamlarning işonçi şakllanmoqda. Siyosiy partiyalarning ertangi nufuzi ham, avvalo, ana şu işonçni qay darajada oqlay olişiga boğliq.
Manzura Rustamova,
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi
Toşkent viloyati hududiy bölinmasi boş mutaxassisi,
ÖzA