Partiya yetakchisi ovoz berdi
Mamlakatimizning boshqa saylov uchastkalarida bo‘lgani kabi Toshkent shahridagi 9-“Baynalmilal” saylov okrugiga qarashli 225 saylov uchastkasi ham bugun saylovchilar bilan gavjum. “Milliy Tiklanish” demokratik Partiyasi raisi Alisher Qodirov o‘z oilasi bilan ayni shu uchastkada ovoz berdi. Mazkur hududda 1 ming 800 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan, ulardan 33 nafari ilk bor ovoz beruvchilardir.

— Mening ikki nafar farzandim ham ilk bor ovoz berdi, — dedi Alisher Qodirov. — O‘zbekistondagi bugungi jarayon avvalambor butun mamlakatning yutug‘i. Biz faqatgina partiyaning manfaatlari nuqtai nazaridan emas, balki butun O‘zbekistonni yangilanish jarayonlari, xalqimizni rivojlanayotganidan xursandmiz. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan boshlangan yangilanish jarayoni nafaqat xalqimiz, balki butun jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Ishonch bilan aytish kerak, biz ham bunga o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz. Qanday takliflar kiritayotganimizni aholiga yetkazdik. Natijalardan umidimiz juda katta. Biz parlamentni o‘zgartirmoqchimiz. Xalqqa xizmat qiladigan parlament bo‘lishi uchun harakat qilamiz. Bugungi ochiq shaffof o‘tayotgan g‘alaba qozonishimizga ishonamiz.
Partiya lideri bu yerda kuzatuvchilar bilan muloqotda bo‘lib, bu saylovlar mamlakatimiz, hamyurtlarimiz hayotida muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratdi.
Boshqa partiyalar vakillarining qayd etishicha, “Milliy Tiklanish” yetakchisining ushbu saylov uchastkasida ovoz berishda ishtirok etishi, saylovning shaffofligi va ochiqligiga ta’sir ko‘rsatmagan va ular qonun buzilish holatlarini kuzatishmagan.