Partiya s’ezdiga delegatlar saylandi
Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyati tashkilotining VII Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovida munosib ishtirok etish va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining VII s’ezdiga delegatlar saylash, Konferensiyalar oralig‘ida viloyat Kengashi a’zolari tarkibiga kiritilgan o‘zgarishlar, Kengash tarkibi va a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
[gallery-3559]
Konferensiyada joriy yildagi saylovlar avvalgilardan tubdan farq qilishi, Prezidentlik saylovi keskin kurash va raqobat muhitida o‘tishi kutilayotgani ta’kidlanib partiya ushbu muhim siyosiy jarayonda munosib ishtirok etishiga ishonch bildirildi.
Konferensiyada partiya s’ezdiga Navoiy viloyati partiya tizimida munosib faoliyat olib borayotgan, joylarda partiyaning maqsad va vazifalarini keng targ‘ib etishda faollik ko‘rsatayotgan, jonkuyar, fidoyi bo‘lgan partiya a’zolari va faollaridan 15 nafar delegat saylandi.
Tadbir yakunida partiya safiga yangi a’zolar qabul qilindi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA