Partiya faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan ma’rifiy tadbir uyushtirildi.
Uchrashuvga partiya faollari va deputatlar, faxriylar, hamkor tashkilotlar vakillari taklif etildi.


XDP viloyat kengashi raisi B.Nasriyev tadbir qatnashchilarini Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab, partiya tashkilotlarida samarali faoliyat ko‘rsatgan, ammo bugun safdoshlari qatorida bo‘lmagan Hasan Normurodov, Do‘pal Nosirova, Majidxon Usmonov va boshqa fidoyilarni yodga oldi. Ularning ibratli hayoti, faoliyati haqidagi xotiralarini bayon etdi.
Shundan so‘ng ayni paytda pensiyada bo‘lgan faxriylar, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga partiyaning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.


G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri