Parrandachilik tarmog‘i nimaga isloh qilinmoqda? (+video)
Bugungi kunda respublikada 1 300ta parrandachilik xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda. Shundan 555tasi go‘sht, 693tasi tuxum va 52tasi naslchilik yo‘nalishida. Sohada 2020-2023 yillarda qiymati 5,4 trln so‘mlik 1 030ta loyiha amalga oshirilib, 54,5 mln bosh parranda boqish quvvati va 14 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, Vengriya, Rossiya, Niderlandiya, Turkiya va Ispaniyadan 9,3 mln bosh jo‘ja import qilindi. Natijada, parranda soni 103,4 mln boshga, parranda go‘shti 690 ming tonnaga va iste’mol tuxumi yetishtirish 8,5 mlrd donaga yetkazildi.
Soha istiqboli va Prezidentimizning 2024 yil 27 iyundagi “Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tarmoqni yanada rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va rejalar bilan tanishish maqsadida Respublika Parrandasanoat uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Ahmedovga yuzlandik.
- Ushbu qaror bilan soha uchun yana qanday imtiyozlar berildi va kelgusida yana qanday rejalar bor?
- Dunyoda parrandachilik mahsulotlariga aholining ehtiyojlari ortib bormoqda. Shu jumladan o‘zimizni respublikada ham shunday holat kuzatilyapti. So‘nggi 5 yilni oladigan bo‘lsak, o‘zimizda parranda mahsulotlari ishlab chiqarish 4 barobarga oshdi. Oxirgi yillarda 690 ming tonna parranda go‘shti yetishtirilgan bo‘lsa, 2024 yil yakuni bilan o‘zimizga maqsad qilib qo‘yganmiz aynan parranda go‘shti mahsulotlari hajmini 800 ming tonnaga yetkazish... (davomi videoda)
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NMWmUuK7648?si=6lYX0T4f3RDBKruB" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA