“Parij-2024”ning medallari uchun kurash boshlanmoqda
Bugun, 27 iyul kuni XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga muvofiq, 24 sport turidagi shiddatli bellashuvlar tashkil etiladi. Shundan 8 ta sport turi bo‘yicha atletlar medallar uchun kurashga kirishadi.
O‘zbekiston sportchilari bugun 7 sport turidan bellashuvlarda ishtirok etadi.
Jumladan, dzyudochilarimizdan Doston Ro‘ziyev va Halimajon Qurbonova, akademik eshkak eshishda Anna Prakaten, suzishda Anastasiya Zelinskaya va Ilya Sibirsev, velosportda Olga Zabelinskaya, boksda Nigina O‘ktamova, sport gimnastikasida Rasuljon Abdurahmonov, Habibullo Ergashev, Abdullo Azimov “Parij-2024”da Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston - Misr o‘rtasida kechadigan o‘yin esa bugungi kunning eng muhim bahslaridan biri.
T.Ro‘ziyev, O‘zA