Paraosiyo o‘yinlari: Xusniddin Norbekov — chempion!
Xabaringiz bor, V Paraosiyo o‘yinlari Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilmoqda. Ayni damga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidgani medallar soni 17 taga yetgan holda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Jumladan, Paraosiyo o‘yinlarida para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xusniddin Norbekov erkaklar o‘rtasidagi F35 tasnifida yadro uloqtirish bahslarida 16,04 metr natija qayd etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Shu tariqa, tajribali sportchi delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Ushbu medaldan so‘ng, O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 4 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza , jami 17 ta medalga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA