Para yengil atletikachimiz jahon chempionati sovrindori
Bugun, 17 may kuni Yaponiyaning Kobe shahrida para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati bahslari boshlandi.
Chempionatning ilk kunida bahslarga kirishgan para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Kubaro Hakimova ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha 9.88 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Aytish lozimki, Kubaro Hakimova 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 9.83 metr natija bilan kumush medal hamda “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqqandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA