Para taekvondochilar Parij Gran-prisida qatnashmoqda
Bugun, 2 sentyabr kuni Fransiya poytaxti Parijda para taekvondo bo‘yicha XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etadigan xalqaro Gran-pri turniri boshlanmoqda.
Bugun kun mobaynida musobaqada qatnashadigan jamoalar ruyxatdan o‘tkazilsa, ertaga, 3 sentyabr kuni musobaqalar oldidan mandat komissiyasining yig‘ilishi, bahslarga qur’a tashlash marosimi kabi tadbirlar o‘tkaziladi.
6 sentyabrgacha davom etadigan mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini Zuxriddin Tohirov, Asad Toshtemirov, Sanjar Muxtorov, Qudrat Xaydarov, Javohir Aliqulov, Ziyoda Isoqova va Guljanoy Naimova himoya qiladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA