Para sportchilarimizning yana bir muvaffaqiyati
Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan para akademik eshkak eshish bo‘yicha xalqaro musobaqada sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, qator medallarni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, musobaqaning Pr2 M1x yo‘nalishida Diyorbek Boybolsinov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Pr3 M1x tasnifida Akbarali Abduvaliyev musobaqa g‘olibiga aylandi va ushbu musobaqaning ayollar orasida Dinara Belyanina kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Pr2 Mix2x poygalarida Diyorbek Boybolsinov va Muhayyo Abdusattorova dueti, Pr3 Mix2x da Akbarali Abduvaliyev hamda Dinara Belyanina tandemi marraga ikkinchi bo‘lib keldi.
Abdumutal Abdurahmonov, Madi Sulaymonov, Amalbek Mustafoqulov, Mehribon Boboyeva, Ra’no Jumabayevadan iborat jamoamiz o‘z yo‘nalishlarida kumush medalga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA