Para o‘q otish: Shahnoza Mamajonova jahon kubogi g‘olibi
Serbiyaning Novi-Sad shahrida para o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqasida 51 ta mamlakatning 300 nafarga yaqin matonatli merganlari turli yo‘nalishlarda g‘oliblik yo‘lida bahs olib bordi.
Yilning ilk nufuzli musobaqasining Sh1A toifasi P2 yo‘nalishidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shahnoza Mamajonova munosib ishtirok etdi.
Yetti kun davom etgan musobaqaning so‘nggi kunida Shahnoza Mamajonova Sh1A toifasi P2 yo‘nalishining 10 metr masofaga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida 232.6 ochko jamg‘arib, jahon kubogining oltin medaliga ega chiqdi.

Keyingi o‘rinlar turkiyalik Aysel Ozgan (231.5), eronlik Sareh Javanmardi(213)ga nasib etdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA