Para-dzyudochilar mamlakat chempionatida bahslashdi
Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyi mezbonlik qilgan Para-dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ham murosasiz bahslarga boy o‘tdi.
Uch kun davom etgan bellashuvlarda Fazliddin Odilov (Andijon), Jasur Saidibragimov (Toshkent), Asilbek Bekmurodov (Andijon), Daurxon Karamatov (Qashqadaryo), Jahongir Toirov (Navoiy), Tohir Rajabov (Qashqadaryo), Abdurahim Allaberganov (Xorazm) erkaklar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Dzyudochi qizlar bahsida Zulayxo Rajabova (Xorazm), Dilrabo Qo‘ziyeva (Xorazm), Mohichehra Xudayeva (Sirdaryo), Vasila Alibayeva (Samarqand), Farog‘at Habibova (Xorazm) tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi.
Chempionatning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida erkaklar o‘rtasida Qashqadaryo viloyati, ayollar o‘rtasida esa Xorazm viloyati para-dzyudochilari shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.