Para atletlarimizni jiddiy sinov kutmoqda
Joriy hafta mobaynida O‘zbekiston para yengil atletika va futbol bo‘yicha amputantlar terma jamoamizni jiddiy sinovlar kutib turibdi.
Jumladan, para yengil atletika bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari 5-14 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tadigan an’anaviy Fazza xalqaro Gran-pri turnirida ishtirok etadi. O‘n oltinchi bor tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini 16 nafar para atletimiz himoya qiladi.

Shuningdek, 5-12 fevral kunlari Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Ilk bor tashkil etilayotgan ushbu qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA