Paludan: Stokgolm hodisasidan afsusda emasman
O‘ng qanot ekstremistik “Jestkiy kurs” (“Qattiq kurs”) partiyasi rahbari Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yuborish aksiyasiga jamoatchilik tomonidan bunday ommaviy munosabat bo‘lishini kutmaganligini va bundan afsusda emasligini aytdi.
“Men Turkiyaga munosabatimni bildirdim, deb o‘ylagan edim. Ammo hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi”, dedi u "Expressen" gazetasiga bergan intervyuda.
“Muhim siyosiy sabablar bo‘lgani uchun bu ishga qo‘l urgan edim, afsusda emasman. Keyin ko‘p odamlar meni o‘ldirish bilan qo‘rqitayotganidan xafa bo‘layapman”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ziga nisbatan bildirilayotgan tahdidlar avvalgilariga qaraganda ancha jiddiyroq.
“Men juda aniq tahdidlar olayapman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali har daqiqada menga yigirmaga yaqin xat-xabar kelmoqda, ulardan beshtasi tahdiddan iborat”, dedi Paludan.
O‘zA