Ozon qatlami asta-sekin tiklanmoqda (+video)
Yerning ozon qatlami asta-sekin tiklanmoqda. Bu haqda Jahon Meteorologiya Tashkiloti (WMO) hisobotida aytilgan.
Mutaxassislar yaqin o‘n yilliklarda atmosferaning aksariyat qismida ozon qatlami to‘liq tiklanishini bashorat qilishmoqda.
WMO ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilda tropik va subtropik hududlarda ozon miqdori me’yordan yuqori bo‘lgan, lekin baland kengliklarda, ayniqsa janubiy yarim sharda bu jarayon kutilganidan past darajada kuzatilgan.
Ozon qatlami Yerdagi hayotni zararli ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, shuning uchun ozon monitoringi inson va atrof-muhit xavfsizligi uchun juda muhim.
Tashkilotning fikricha, ozon qatlami tiklanishi Monreal protokoli va ushbu hujjatga kiritilgan tuzatishlar asosida ozonni yemiruvchi moddalar ishlab chiqarish va iste’mol qilishning keskin kamayishi bilan bog‘liq. Shu sababli mas’ullar ozon qatlamidagi uzoq muddatli o‘zgarishni chuqurroq o‘rganish zarurligini ta’kidlashmoqda.
<iframe width="640" height="420 src="https://www.youtube.com/embed/CzOfSeuq2aI" title="Ozon qatlami asta-sekin tiklanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdialiyeva, O‘zA