“O‘zmilliybank” AJ: mijoz manfaati – ustuvor
Ayni damda mamlakatimizda banklararo raqobat sharoitida aholiga zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish “O‘zmilliybank” AJ rivojining muhim jihatiga aylanmoqda.
Bu borada bank moliya bozorining eng jadal rivojlanayotgan segmenti, ya’ni chakana xizmatlari sifati va ko‘lamini oshirish maqsadida mijozlarga tezkor va qulay xizmat turlarini taklif etib kelmoqda.
Jumladan, innovatsion xizmat turlaridan foydalangan holda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishni yanada ommalashtirish maqsadida respublikaning barcha hududlarida 24/7 tizimida faoliyat yurituvchi “Avtomatlashtirilgan to‘lov markaz”lari joriy etilib, ularda jami 484 ta milliy valyuta, 35 dona avtomatlashtirilgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlar o‘rnatilgan.
bugungi kunda plastik kartochka juda qulay to‘lov vositasiga aylandi. Rivojlangan infratuzilma yordamida kartochka egalari undan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida bemalol foydalana olishadi. Plastik kartochka bilan bog‘liq biznes yuqori texnologiyalarga asoslangani bilan ajralib turadi. Shu o‘rinda “O‘zmilliybank” AJda naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va plastik kartochkalar emissiyasini ko‘paytirish borasida qator amaliy choralar ko‘rilishi natijasida joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar umumiy soni 2 million 802 ming 269 ming donani tashkil etdi. bugungi kunda mijozlarga “Humo” va “UzCard” to‘lov tizimlari plastik kartochkalari hamda “MasterCard“ va “Visa” xalqaro to‘lov kartalari taklif etilmoqda.
Shuningdek, bank tomonidan mini-banklar, jamg‘arma kassalari, savdo va aholiga pullik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga 39 ming 944 ming donaga yaqin to‘lov terminallari o‘rnatilganligini ta’kidlab o‘tish joiz. Shu bilan birga bank tomonidan jami 18 ming 490 dona “Humo” milliy to‘lov tizimiga mansub to‘lov terminallari o‘rnatilgan. Bank tomonidan 238 dan ortiq avtomatlashtirilgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi kioskalar joylashtirilgani esa mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini ko‘rsatmoqda.
“O‘zmilliybank” AJ mamlakatimiz fuqarolari daromadlarini yanada ko‘paytirish uchun sharoit yaratish maqsadida ham milliy, ham xorijiy valyutadagi ko‘plab omonat turlarini taklif etadi. Muhimi, bunda mijoz manfaati ustuvor hisoblanadi.
bugungi kunda bankda jozibador shartlarda milliy valyutadagi yillik 23 foizgacha hamda xorijiy valyutadagi 5 foizgacha bo‘lgan muddatli, jamg‘arma va onlayn omonatlar amal qilmoqda. 2022 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslarning omonat jamg‘arma va muddatli hisob raqamlari bo‘yicha qoldiq jismoniy shaxslar depozitlari umumiy hajmining 57 foizni tashkil etdi. Bu omonatlarning yil boshiga nisbatan 108 foiz o‘sishini tashkil etdi. Shu jumladan milliy valyuta omonatlari 111 foizga ko‘paydi.
Hozirgi kunda masofadan xizmat ko‘rsatish xizmatlari borgan sari ommalashib boryapti. Endilikda mablag‘larni boshqarishni 24/7 rejimida smartfon yoki planshet yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Bu esa mijozlarga o‘ziga qulay vaqt va joyda turib, xizmat uchun to‘lov o‘tkazish imkonini berayapti.
“O‘zmilliybank” AJ ning “Milliy” mobil ilovasi orqali kommunal va byudjet to‘lovlarini amalga oshirish, onlayn tarzda pul mablag‘larini muddatli omonatlarga o‘tkazish, onlayn konversiya amaliyotlarini amalga oshirish kabi xizmatlarni amalga oshirish mumkin.
Yil boshidan mobil ilova orqali bank mijozlariga 41 million 18 ming AQSH dollari sotildi va 798 milliard so‘m pul mablag‘lari milliy valyutadagi omonatlarga joylashtirildi.
Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ mijozlarga qulaylik yaratish, bank xizmatlarini avtomatlashtirish hamda masofaviy bank xizmatlari qamrovini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida “Internet-banking”, “SMS-banking” hamda “Mobil-banking” tizimlari foydalanuvchilari soni bir necha barobarga oshib bormoqda.
Chakana xizmatlarning yana bir muhim yo‘nalishi bu pul o‘tkazmalaridir. “O‘zmilliybank” AJ o‘zmijozlariga “Western Union”, “Money Gram”, “CONTACT”, “Zolotaya Korona”, “Asia Express” hamda “Yunistrim” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlarini taklif etmoqda.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda pul o‘tkazmasini naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda, milliy yoki xorijiy valyutada ham jo‘natish mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, mijozlar ehtiyojlariga mos xizmatlar ko‘lamini kengaytirib borish “O‘zmilliybank” AJning chakana xizmatlari rivojlanishining asosiy mezoniga aylangan.
“O‘zmilliybank” AJ Uchtepa tumani filialida bank xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv seminarida ana shular haqida so‘z yuritildi. O‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida batafsil tushuntirildi. Erishilgan yutuqlar, tanlangan yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi.
– Bu kabi o‘quv seminarlari har chorakda tashkil etiladi, – deydi “O‘zmilliybank” AJ Chakana biznes departamenti Chakana mahsulotlarni sotish boshqarma boshlig‘i Javlon Nazarov. – Bankimiz xodimlari qilingan ishlar va kelgusi rejalar bilan yaqindan tanishib borishi, kelgusidagi yondashuvlarni qay holatda bo‘lishini bilishlari lozim.
Seminar ishtirokchilari ma’ruzachilardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Mohigul Qosimova,
A’loxon Abdullayev(surat), O‘zA