“O‘zmilliybank” AJ jamoasi chempion
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “Uzcard” tomonidan o‘tkazilgan bank futbol ligasining g‘olibi “O‘zmilliybank” AJ jamoasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, turnirda Respublika tijorat banklari xodimlaridan iborat 22 ta jamoa 8 guruhga bo‘lingan xolda to‘p surdi. Unda “Trastbank” va “O‘zmilliybank” jamoalari finalga chiqdi. Final uchrashuvi penaltilar seriyasigacha borib, yakunda “O‘zmilliybank” AJ jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa nafaqat ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki bank xodimlarini o‘zaro jipslashtirish, soha xodimlari o‘rtasida do‘stona munosabat o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etdi.


“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati