O'zLiDeP s’ezdiga Samarqanddan delegatlar saylandi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish hamda partiya X s’ezdiga delegatlar saylash masalasi muhokama qilindi.

– Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan, yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish, mazkur siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish borasida joylarda saylov bilan bog‘liq barcha tashkiliy ishlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda, – dedi O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi raisi Sh.Yo‘ldoshev.
– Hozirda viloyatimizda 114 ming nafar aʼzolarni birlashtirgan 1310 ta boshlangʻich partiya tashkiloti mavjud. Bunday katta kuch vositasida partiya g‘oyalarini aholi orasida keng targ‘ib qilish, partiya faollarini sonini yanada ko‘paytirish, saylovga oid barcha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarni samarali tashkil etish lozim.



Partiya faollari, deputatlar keyingi besh yilda yangi O‘zbekistonda “Davlat ham, islohotlar ham avvalo insonlarga xizmat qilishi shart!” degan xaqiqiy xalqona siyosat amalda o‘z ijrosini topganligi, barcha sohalar mutlaqo yangicha islohot va o‘zgarishlar bilan qamrab olinganligini ta’kidladilar.
Konferensiyada partiyaning X s’ezdiga delegatlar saylandi.
G‘.HASANOV, O‘zA