O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi tajribasi o‘rganildi
Toshkent shahrida Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi mutaxassislari uchun stajirovka tashkil etildi.
Stajirovka davomida ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish va nogironlikni baholashning milliy modeli bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi o‘rganildi.
Mehmonlarga Agentlik faoliyati, ijtimoiy to‘lovlarni tayinlash tartibi, jarayonlarning shaffofligini ta’minlash, nogironlikni baholashning milliy modeli hamda ijtimoiy xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, delegatsiya “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Imkoniyatlar olami” ko‘p tarmoqli markazi va Toshkent shahridagi 22-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif yakunida tomonlar stajirovka natijalarini muhokama qilib, ikki davlatning sohaviy idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning kelgusi yo‘nalishlarini belgilab oldi.
M.Qosimova, O‘zA