O‘zbekistonning faxrli ijodkor ayollari
Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston faxrli ijodkor ayollari” nomli fotosuratlar ko‘rgazmasi ochildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston adabiyoti, san’ati va jamoatchilik hayotida chuqur iz qoldirgan, o‘zining betakror iste’dodi va fidokorona mehnati bilan xalqimiz ardog‘iga sazovor bo‘lgan faxrli ayollarimiz soni ortib bormoqda.

Ular orasida nafaqat ijodkorlar, balki, senatorlar, vazirlar, prokuror, shifokor, tadbirkor va o‘qituvchi-murabbiylar ham bor.

Ekspozitsiyada o‘z mehnati, yutuqlari va faol fuqarolik pozitsiyasi bilan mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ijodkor ayollar, san’at va madaniyat namoyandalariga bag‘ishlangan fotosuratlar namoyish etildi.

Hujjatli fotografiya, portret va reportaj janrlaridagi asarlar orqali ularning kasbiy faoliyati, jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashdagi xizmatlari yoritildi.
G.Boboyeva,O‘zA