O‘zbekistonning Erondagi yangi elchisi Tehronga yetib keldi
Eron Islom Respublikasi OAV xabar berishicha, “O‘zbekistonning yangi Favqulodda va muxtor elchisi Fariddin Nasriyev ushbu mamlakat poytaxtiga yetib kelgan”.
2018-2023 yillar RF Qozon shahridagi Bosh konsulligimizni boshqargan 42 yoshli diplomat Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat yuridik instituti (hozir universitet)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1999 yil bank tizimida boshlab, 2003 yildan Tashqi ishlar vazirligining turli tuzilmalarida, jumladan Belgiya va NATOdagi diplomatik vakolatxonalarda ishlagan.
TIV Konsullik-huquqiy departamentida 3-kotiblikdan direktor o‘rinbosarigacha bo‘lgan lavozimlarda xizmat qilgan mutaxassis ingliz, fransuz, rus va fors tillarini o‘zlashtirgan.
M.Pirmatova, O‘zA