O‘zbekistonning eng kuchli taekvondochilari aniqlanmoqda
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan “Alpomish” sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Mamlakat birinchiligining kyorugi yo‘nalishida erkaklar -58, -63, -68, ayollar esa -46, -49, -57, -73 va +73 kg. vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Chempionatda Omonjon Otajonov, Amirbek To‘rayev, Diyorbek To‘xliboyev, Dilnoza Tangirova, Zarnigor Husniddinova, Madina Mirabzalova, Gulsanam Alijonova, Iroda Mirtojiyeva o‘z vaznlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 500 ga yaqin sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning yakuniy kunida erkaklar – 54, -74, -80, -87, +87 kg. vazn toifalarida, ayollar esa – 53, -62 va -67 kg vaznlarda bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA