O‘zbekistonning 35 yillik taraqqiyot yo‘liga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Ayni paytda poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Anjuman Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining tashabbusi bilan Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek Belarus, Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Qirg‘iziston parlamentlari a’zolari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ekspertlar hamjamiyati hamda ilmiy doiralar vakillari ishtirok etmoqda.

Konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov ma’ruza qilib, hozirda milliy istiqlolimizning 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida nishonlashga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotganini, keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekistonda barcha soha va yo‘nalishlarda barqaror o‘sishga erishilayotganini qayd etdi.

Jumladan, иқтисодиётимиз hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga oshgani, mamlakatimiz o‘rta daromadli davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallagani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Spiker parlamentlararo ҳамкорлик aloqalari kengayib borayotgani, mamlakatimizning uzoq va yaqin qo‘shni davlatlar bilan diplomatik aloqalari mustahkamlanib borayotganini alohida e’tirof etdi.
Xalqaro konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.
Muhtarama Komilova,
Nosir Haydarov (surat),
O‘zA