O‘zbekistonliklar yana hajga jo‘naydi
Ikki yillik tanaffusdan so‘ng dinimizning beshinchi arkoni – Haj ziyorati ham boshlanmoqda.
Bugun o‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi haj amalini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.
Ziyoratchilarni kuzatish jarayoni, quvonch-u shodlik onlari, dil so‘zlarini ijtimoiy tarmoq orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportajlarda tomosha qilish mumkin.
Muborak safarga otlangan fuqarolarimizni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati va boshqa rasmiy vakillar tabarruk zaminga kuzatib qo‘yadilar.
Qayd etish joiz, bo‘lg‘usi hojilarga Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitga ega mehmonxonalar xizmat ko‘rsatadi, tajribali ishchi guruh, malakali shifokorlar hamrohlik qiladi.
“Haj-2022” mavsumi numunali, batartib, chiroyli va ko‘ngildagidek o‘tishini, otlangan yurtdoshlarimizning safari bexatar, ibodat va duosi mukammal, mustajob bo‘lishini tilab qolamiz.
O‘zA