O‘zbekistonlik velosportchilar “Tur de Frans” bahslarida qatnashmoqda
Fransiya yo‘llari bo‘ylab velosport bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi “Tur de Frans” ko‘pkunlik poygasi davom etmoqda.
Mazkur nufuzli velosport musobaqasida ilk bor ishtirok etayotgan mamlakatimizning “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi uchun ushbu bahslar katta tajriba maydoni vazifasini o‘tamoqda.

Hozirda o‘zbekistonlik velosportchilar orasida Yanina Kuskova ishtirokni davom ettirmoqda. 5 bosqichdan keyin hamyurtimiz Kuskova umumiy klassifikatsiyada 76-bo‘lib turibdi.
Poyga 159.2 km masofadan iborat bo‘lib, ushbu masofadagi bahslar Remirmon va Morto shaharlari orasida bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA