Özbekistondan biznes-klassdagi parvozlar uçun Istanbul eng ommabop yönalişga aylandi
2026-yilning yanvaridan oktabr oyiga qadar Özbekiston aholisining biznes-klassdagi parvozlarga bölgan qiziqişi sezilarli darajada ortdi. Uşbu toifadagi çiptalarga bölgan talab ötgan yilning mos davriga nisbatan 41% ga oşdi va talab eng yuqori bölgan yönalişlar sifatida Istanbul hamda Moskva yetakçilik qildi. Xitoyning uçta şahri eng xaridorgir yönalişlar öntaligidan joy oldi
Bu maʼlumotlar Aviasales.uz qidiruv xizmatining joriy yil 1-yanvaridan 20-oktabriga qadar ötkazgan tahlillariga asoslanadi. Tadqiqotlar nafaqat biznes-klass parvozlariga bölgan talab özgarişini, balki narxlar dinamikasini ham körsatadi.
Xususan, bir tomonga çipta narxi örtaça 1 255 dollarni taşkil etib, ötgan yilgi körsatkiçdan deyarli 5% ga yuqoriladi. Olmaotaga parvozlar narxida eng yuqori ösiş darajasi kuzatildi: narxlar 36% ga oşib, 578 dollarni taşkil etdi. Şu bilan birga, Kuala-Lumpurga parvoz narxlari 39% ga arzonlaşib, örtaça 989 dollarni, Istanbulga 1 010, Moskvaga esa 1 206 dollarni taşkil etdi.
Umuman olganda, biznes-klassda parvoz qiliş sayohatçilarga örtaça 4,2 baravar qimmatga tuşmoqda. Ekonom-klass çiptasining örtaça narxi 3,6 mln sömni taşkil etadi. Asosiy farq yönaliş turiga boğliq. Xususan, Dubayga biznes-klassda uçiş narxi ekonom-klassga nisbatan yetti baravar qimmat bölsa, Moskva yönalişida bu farq beş baravarni, Parij, Xançjou va Kuala-Lumpurda esa qariyb 2,5 baravarni taşkil qiladi.
Eng yuqori talab Istanbul yönalişidagi parvozlarda qayd etildi: biznes-klass çiptalarining sotuv hajmi bir yilda 3,6 baravarga oşgan. Barça xaridlarning çorak qismi aynan uşbu yönalişga töğri keladi. Moskva şahriga bölgan talab 11% ga kamaygan.
Xitoy vatandoşlarimiz uçun vizasiz rejim joriy etgani uşbu mamlakatga bölgan qiziqiş oşişiga xizmat qilgan asosiy omillardan biri böldi. Özbekistonliklar 2025-yilning 1-iyunidan boşlab 30 kungaça uşbu davlatda vizasiz bölişlari mumkin. Ötgan yil davomida Xitoy şaharlariga bölgan qiziqiş sezilarli darajada ortdi. Yangi aviataşuvçilarning bozorga kirib kelişi hisobiga çiptalar narxi arzonlaşgani va parvozlar geografiyasi kengaygani ham bunga turtki berdi. Avvallari Xitoyga asosan işbilarmonlik maqsadida taşrif buyurilgan bölsa, endilikda uşbu mamlakat ommabop sayyohlik yönalişiga ham aylandi.
Sayohat davomiyligi böyiça biznes-klass yölovçilari ekonom-klassni tanlagan sayohatçilardan deyarli farq qilmaydi va bu körsatkiç örtaça bir haftani taşkil etadi. Şu bilan birga, çiptalarni bron qilişda öziga xos jihatlar mavjud. Biznes-klass çiptalari parvozdan örtaça 10 kun oldin xarid qilinsa, ekonom-klassdagi çiptalar 12 kun oldin sotib olinmoqda. Bundan taşqari, biznes-klass yölovçilari köpinça ikki tomonga çiptalarni rasmiylaştiradi. Uşbu toifadagi sayohatçilar uçun bunday xaridlar 42% ni, ekonom-klass yölovçilari uçun esa 22% ni taşkil etadi. Bolalar bilan parvoz qiliş ham biznes-klass sayohatçilari orasida 8% ga köproqdir.
2026-yilda biznes-klassda xarid qilingan eng qimmat çipta Toşkent – Mayami yönalişiga töğri kelib, 87,3 mln sömni taşkil etdi. Çipta narxi böyiça tarixiy rekord 2023-yilda qayd etilgan edi. Öşanda Toşkentdan Los-Andjelesga «Emirates» aviakompaniyasi orqali uçiş uçun sotib olingan çipta narxi 121,3 mln sömni taşkil qilgan.
Aziza Alimova, ÖzA