O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hududlar ma’lum qilindi
Joriy yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 394,7 trillion so‘mni tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat sanoat salohiyatining sezilarli qismi an’anaviy tarzda bir nechta yirik hududlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Xususan, tog‘-kon va metallurgiya sanoati rivojlangan Navoiy viloyati 100,5 trln. so‘mlik ko‘rsatkich bilan respublikada birinchi o‘rinni egalladi. Kichik va yirik biznes markazi bo‘lgan Toshkent shahri (63,7 trln. so‘m) hamda yirik ishlab chiqarish quvvatlariga ega Toshkent viloyati (58,8 trln. so‘m) kuchli uchlikni yakunlab bergan.
Avtomobilsozlik markazi hisoblangan Andijon viloyati esa 36 trln. so‘mlik ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi o‘rinni band etgan.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Navoiy viloyati — 100,5 trln. so‘m
Toshkent shahri — 63,7 trln. so‘m
Toshkent viloyati — 58,8 trln. so‘m
Andijon viloyati — 36,0 trln so‘m
Samarqand viloyati — 19,8 trln. so‘m
Farg‘ona viloyati — 18,3 trln. so‘m
Buxoro viloyati — 17,0 trln. so‘m
Qashqadaryo viloyati — 15,4 trln. so‘m
Namangan viloyati — 12,6 trln. so‘m
Jizzax viloyati — 12,4 trln. so‘m
Xorazm viloyati — 11,3 trln. so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9,7 trln. so‘m
Sirdaryo viloyati — 8,9 trln. so‘m
Surxondaryo viloyati — 5,5 trln. so‘m
Hisobot davrida eng kam sanoat mahsulotlari hajmi Surxondaryo (5,5 trln. so‘m) va Sirdaryo (8,9 trln. so‘m) viloyatlarida qayd etilgan bo‘lsa-da, mazkur hududlarda ham yangi loyihalar hisobiga o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Hamroz Bayonov, O‘zA