O‘zbekistonda odamlarning turmush farovonligi oshmoqda
Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan saylov jarayonlari xorijliklarda katta taassurot qoldirdi. Bugun ular viloyatning ko‘pgina tuman va shaharlarida, u yerdagi saylov uchastkalarida bo‘lishdi. Oqoltin tumani hududida joylashgan 141-saylov uchastkasida bo‘lgan vengriyalik kuzatuvchi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
– O‘zbekistonda saylovlar ilk bor majoritar va proporsional tizim asosida bo‘lib o‘tmoqda,– deydi Vengriyadagi Korvinus universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Marton Krasnay.–Bu demokratik islohotlarning amaldagi natijasidir. Umuman, O‘zbekistonda yangi Saylov kodeksi asosida saylovlarni o‘tkazishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan. Bugun biz borgan saylov uchastkalarida saylov jarayonlari qonunchilikka mos o‘tayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bir so‘z bilan aytganda, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar tufayli odamlarning turmush farovonligi yildan -yilga yaxshilanib bormoqda.Shu bilan birga ularning siyosiy qarashlari va siyosiy bilimlari ham ancha yuksalgan. Sirdaryo iqlim sharoitida yetishtirilgan qovunlar va anorlar bugun Yevropa bozorlariga eksport qilinmoqda. men bundan juda xursandman. Yurtingiz taraqqiyotiga rivoj va tinchlik tilayman.
Muhimi, xorijlik kuzatuvchilar O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarga xayrixoh. Qayerdaki, inson manfaatlari ulug‘lanar ekan, ana shu yurtda, albatta, rivojlanish bo‘ladi, deya ishonch bildirishmoqda.
G‘ulom Primov,
O‘zA muxbiri