O‘zbekistonda har 100 ta oilaning 61 tasida shaxsiy mashina bor
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholining turmush darajasi va mashina sotib olish qobiliyati yuksalib borayotganini ko‘chalardagi tirbandliklardan ham sezish qiyin emas.
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan hisobot natijalari ham buni raqamlar bilan tasdiqlamoqda.
Xususan, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 61 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichni avvalgi davrlar bilan solishtirsak, o‘sish sur’atlari yuqori ekanini ko‘rish mumkin.
Masalan, bundan 15 yil avval, ya’ni 2010-yilda har 100 oilada bor-yo‘g‘i 21 ta mashina bo‘lgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib bu raqam ikki baravar oshib, 42 taga yetgan. 2020-yildagi 49 talik ko‘rsatkich esa bugungi kunda yanada salmoqliroq ko‘rinish olgan.
Bunday usish nafaqat transport vositalarining ommalashganini, balki avtomobil endi hashamat emas, balki har bir xonadon uchun kundalik zaruratga aylanib ulgurganini anglatadi.
Raqamlar shuni kursatmoqdaki, o‘zbekistonliklarning avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoji va imkoniyati yildan-yilga barqaror sur’atda o‘sib bormoqda.
Hamroz Bayonov,
O‘zA