O‘zbekistonda eng ko‘p tug‘ruq Namanganda qayd etildi
Respublika Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida mamlakatimizda 373 ming 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan.
Mazkur davrda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan eng yaxshi hududlar qatorida Namangan shahri yetakchilik qildi. Gullar shahrida shu yilning birinchi yarim yilligida 8 mingdan ortiq chaqaloqlar dunyoga kelgan.
Demak, "TOP-10 tuman va shahar" ro‘yxati bilan tanishing:
Namangan shahri (Namangan viloyati) — 8 ming 181 ta;
Urgut tumani (Samarqand viloyati) — 7 ming 014 ta;
Andijon shahri (Andijon viloyati) — 6 ming 306 ta;
Samarqand shahri (Samarqand viloyati) — 5 ming 559 ta;
Denov tumani (Surxondaryo viloyati) — 5 ming 542 ta;
Pastdarg‘om tumani (Samarqand viloyati) — 3 ming 968 ta;
Koson tumani (Qashqadaryo viloyati) — 3 ming 878 ta;
Qamashi tumani (Qashqadaryo viloyati) — 3 ming 874 ta;
Olmazor tumani (Toshkent shahri) — 3 ming 700 ta;
Asaka tumani (Andijon viloyati) — 3 ming 446 ta.
Ma’lumot va taqqoslash o‘rnida ta’kidlash darkor, 2025-yil davomida O‘zbekistonda 879 ming 599 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Unda yurtimiz bo‘yicha eng ko‘p chaqaloqlar tug‘ilishi bo‘yicha Namangan shahri yetakchilik qilib, viloyat markazida o‘tgan yili 18 ming 524 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.