Özbekistonda bozor xizmatlari hajmi ortib bormoqda
Özbekistonda xizmatlar sohasidagi ösiş surʼatlari yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Joriy yilning dastlabki töqqiz oyida mamlakatda körsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 kvadrillion sömdan oşdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, 2026-yil yanvar–sentabr oylarida körsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 003,2 trillion sömni taşkil etgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foizga köp.
Xizmatlar tarkibida eng katta uluş savdo sohasi hissasiga töğri kelib, uşbu yönalişda 235,3 trillion sömlik xizmat körsatilgan. Yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari 179,7 trillion söm, moliyaviy xizmatlar esa 498163,8 trillion sömni taşkil etgan.
Şuningdek, transport xizmatlari hajmi 162,8 trillion sömga, aloqa va axborotlaştiriş xizmatlari 77,6 trillion sömga yetgan.
Real ösiş surʼatlari böyiça esa eng yuqori natija meʼmorçilik, muhandislik izlanişlari, texnik sinovlar va tahlil xizmatlari sohasida qayd etilgan — 24,2 foiz. Moliyaviy xizmatlar 22 foizga, aloqa va axborotlaştiriş xizmatlari 21,4 foizga, taʼlim xizmatlari esa 19,6 foizga ösgan.
Yuqoridagi raqamlardan kuriş mumkinki xizmatlar bozorida savdo, moliya va transport yönalişlari asosiy uluşni egallamoqda.
Hamroz Bayonov,
ÖzA