Özbekistonda ayollar va bolalarning turmuş darajasi xalqaro mezonlar asosida baholanadi
Özbekistonda 2027–2028-yillarda aholi, xususan, ayollar va bolalarning turmuş şaroiti, salomatligi, taʼlim olişi hamda ijtimoiy himoya bilan qamrab oliniş holatini örganişga qaratilgan «Multiindikator klaster kuzatuvi» ötkaziladi.
Mazkur kuzatuv natijalari mamlakatdagi ijtimoiy sohalar holatini xalqaro mezonlar asosida baholaş, mavjud muammolarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş böyiça samarali çoralar işlab çiqişga xizmat qiladi. Ana şunday tahliliy jarayonni ötkaziş va Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi “Statistikani rivojlantiriş — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlaş hamda röyxatga oliş maʼlumotlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmon ijrosini taʼminlaş maqsadida 2026-yil 14-oktabrda Vazirlar Mahkamasining 2027–2028-yillarda Özbekiston Respublikasida «Multiindikator klaster kuzatuvi»ni ötkazişga oid qarori qabul qilindi.
Qarorda “Multiindikator klaster kuzatuvi” (MICS) dasturining kuzatuv jarayonlarini ötkaziş bilan boğliq işlarning töğri taşkil etilişi, kuzatuvni taşkil etişdagi vazirlik va davlat taşkilotlari hamda idoralarining aniq vazifalari belgilab berilgan.
“Multiindikator klaster kuzatuvi” (MICS) dasturi — Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Bolalar jamğarmasi (YUNISEF) tomonidan qöllab-quvvatlanadigan xalqaro statistik tadqiqot dasturi hisoblanadi. U orqali bolalar va ayollarning salomatligi, ovqatlanişi, taʼlim olişi, yaşaş şaroiti, bolalar huquqlari va ijtimoiy himoyasi kabi muhim yönalişlardagi holat örganiladi. MICS asosan, bolalar va ayollar holatini baholaş maqsadida maʼlumotlar yiğadi.
MICS kuzatuvini ötkazişdan közlangan maqsad aholining yaşaş şaroitlari töğrisidagi maʼlumotlarni, 15 yoşdan 49 yoşgaça bölgan ayollar bilan ötkazilgan sörovnoma natijalarini, 5 yoşgaça bölgan bolalar töğrisida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq maʼlumotlarni, aholi turmuş darajasi, yaşaş joyi (şahar yoki qişloq) va jinsi böyiça töplangan barça maʼlumotlarni mamlakatlar miqyosida xalqaro darajada taqqoslaş imkonini beradi.
Mazkur loyihani Özbekistonda amalga oşiriş böyiça Milliy statistika qömitasi hamda YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi örtasida ikki tomonlama memorandum imzolangan.
Qarorga muvofiq, kuzatuvni taşkil etiş va uning sifatli ötkazilişini taʼminlaş maqsadida Milliy sohalararo muvofiqlaştiruvçi kengaş taşkil etiladi. Uşbu kengaş kuzatuvga tayyorgarlik köriş, uni ötkaziş va natijalarini umumlaştiriş bilan boğliq jarayonlarni muvofiqlaştiradi.
Şuningdek, kengaş kuzatuv rejasi va byudjetini tasdiqlaydi, sörovnomalarni körib çiqadi hamda yakuniy milliy hisobot va tahliliy materiallarni örganadi.
Sörovlar uy xöjaliklarida ötkaziladi
Kuzatuvni ötkaziş böyiça vakolatli organ etib Milliy statistika qömitasi belgilangan. Qömita YUNISEF bilan hamkorlikda kuzatuv uçun zarur tanlanma hajmini şakllantiradi va uy xöjaliklarini xalqaro MICS uslubiyati asosida tasodifiy tanlab oladi.
Şuningdek, sörovnomalar işlab çiqiladi, ular pilot hududlarda sinovdan ötkaziladi va takomillaştiriladi. Sörovlar respondentlar bilan yuzma-yuz suhbat ötkaziş orqali elektron qurilmalar — planşetlar yordamida amalga oşiriladi. Bu maʼlumotlarni tezkor yiğiş, qayta işlaş va tahlil qiliş imkonini beradi.
Bunda şaxsga doir maʼlumotlarni himoya qiliş va sörov iştirokçilarining maxfiyligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratiladi.
Kuzatuv bosqiçlari va muddatlari
Qarorda kuzatuvni amalga oşirişning aniq muddatlari ham belgilab qöyilgan. Jumladan, kuzatuvga tayyorgarlik işlari 2027-yilning iyun oyiga, dala işlari 2027-yil noyabr oyiga, maʼlumotlarni tahlil qiliş 2028-yil mart oyiga, milliy hisobotni tayyorlaş 2028-yil iyun oyiga va kuzatuv natijalarini eʼlon qiliş 2028-yil iyul oyiga qadar amalga oşiriladi. Kuzatuvga tayyorgarlik köriş, uni ötkaziş va natijalarini qayta işlaşga jalb etilgan xodimlarning belgilangan muddatlarda asosiy iş joyidagi lavozimi hamda örtaça iş haqi saqlanişi ham nazarda tutilgan.
Jarayonni moliyalaştiriş va idoralararo hamkorlik
Kuzatuv bilan boğliq xarajatlar Davlat byudjeti, xalqaro va donor taşkilotlar mablağlari, şuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralarning qonunçilikda taqiqlanmagan mablağlari hisobidan qoplanadi.
Milliy statistika qömitasi kuzatuv xarajatlarini 2027–2028-yillarda Davlat byudjeti hisobidan moliyalaştiriş uçun Rasmiy statistika sohasidagi davlat dasturiga kiritilişini taʼminlaydi.
Bundan taşqari, 2027-yil 1-aprelga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro hamda donor taşkilotlar mablağlarini jalb qiliş çoralarini köradi.
Kuzatuv jarayonida Soğliqni saqlaş vazirligi ham muhim vazifalarni bajaradi. Xususan, qonunçilik talablariga rioya etgan holda, tadqiqot maqsadlari uçun zarur bölgan maʼlumotlardan, jumladan, oilaviy şifokor punktlari, poliklinikalar va raqamli tibbiy axborot tizimlaridagi tegişli maʼlumotlardan statistik maqsadlarda foydalaniş uçun şaroit yaratiladi.
Hududlarda kuzatuvni taşkil etişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari hamda Özbekiston mahallalari uyuşmasi Milliy statistika qömitasiga kömaklaşadi. Kadastr agentligi esa zarur kartografik materiallar bilan taʼminlaydi.
Şu bilan birga, kuzatuvga kömaklaşuvçi idoralarning uy xöjaliklari bilan ötkaziladigan bevosita sörovlarga aralaşişi qatʼiyan taqiqlanadi. Bu esa sörovlarning xolisligi va mustaqilligini taʼminlaşga qaratilgan.
Içki işlar vazirligi kuzatuvda iştirok etadigan xodimlar xavfsizligini taʼminlaydi. Toşkent va Nukus şaharlari, şuningdek, viloyatlar markazlarida Milliy gvardiya içki işlar organlariga kömaklaşadi.
Natijalar asosida yangi çora-tadbirlar işlab çiqiladi
Qarorning muhim jihatlaridan biri — kuzatuv natijalaridan faqat statistik maʼlumot sifatida emas, balki ijtimoiy siyosatni takomillaştiriş vositasi sifatida foydalaniş belgilangani.
Jumladan, Soğliqni saqlaş vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi kuzatuv natijalaridan kelib çiqib, tegişli yönalişlarni rivojlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar işlab çiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Umuman olganda, «Multiindikator klaster kuzatuvi» Özbekistonda ayollar va bolalarning hayot sifatiga taʼsir körsatuvçi omillarni çuqur örganiş, ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni aniqlaş va davlat siyosatini aniq statistik maʼlumotlar asosida şakllantiriş uçun muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, xalqaro standartlar asosida olingan işonçli maʼlumotlar aholi farovonligini oşiriş, bolalar huquqlarini taʼminlaş va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan dasturlarni yanada samarali taşkil etişga xizmat qiladi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA