O‘zbekiston - YeTTB hamkorligi yangi bosqichda
30 aprel – O‘zbekiston YeTTBga a’zo bo‘lgan kun
So‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Milliy iqtisodiyotni yuksaltirish, mamlakat qudratini, xalq farovonligini oshirish yo‘lida hayotga joriy qilinayotgan iqtisodiy loyihalar yildan-yilga ko‘paymoqda. Buning uchun davlatimiz turli xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Ana shunday tashkilotlardan biri Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidir.
Ushbu moliyaviy tuzilma Markaziy va Sharqiy Yevropa, shuningdek, MDH ga a’zo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam ko‘rsatuvchi yirik xalqaro bank bo‘lib, 1990 yil 42 a’zo mamlakat hukumatlari tomonidan tashkil etilgan va faoliyatini 1991 yildan boshlagan.