O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov vafot etdi
O‘zbekiston xalq baxshisi, Sherobod dostonchiligi maktabi vakili Abdunazar Poyonov 73 yoshda vafot etdi.
Ma’lumot uchun, Abdunazar Poyonov 1949 yil Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda O‘zbekiston xalq baxshisi unvoni bilan taqdirlangan. Dostonchilik an’analarini Mardonaqul baxshi, Umr baxshilardan o‘zlashtirgan.
Abdunazar baxshi repertuaridan “Alpomish“, “Malika ayyor“, “Sherali“ va boshqa dostonlar, do‘mbira kuylari hamda Vatanga muhabbat, sadoqat, xalq hayoti mavzularida o‘zi ijod qilgan termalar o‘rin olgan. Xalqaro va respublika baxshi-shoirlar tanlovlari g‘olibi bo‘lgan.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil Surxondaryo viloyatiga avvalgi tashrifida Abdunazar Poyonov va boshqa baxshilar bilan muloqot qilgandi.
O‘zA