O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarining yangi davri
Shu kunlarda O‘zbekistonda Xitoy madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stona munosabatlar rivojida yana bir yangi qadam bo‘ldi.
Bugun tadbir doirasida Xitoy Xalq Respublikasining xorijiy mehmonlari va ijodiy jamoalaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Unda akademiya talabalari milliy raqslarni ijro etib, mehmonlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, xitoylik mehmonlar badiiy dastur ham tayyorladi va akademiya talabalari uchun mahorat darslarini o‘tkazdi.
Tadbir yakunida raqs san’ati yo‘nalishida ijodiy hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
N.Usmonova, O‘zA