O‘zbekiston va Tojikiston: farmatsevtika sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda
"Xovar" axborot agentligi yozishicha, Toshkentda O‘zbekiston va Tojikiston farmatsevtika forumi bo‘lib o‘tdi.
Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xabariga ko‘ra, forum o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda davlat idoralari va soha vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Qardosh davlat delegatsiyasi tarkibi yondosh vazirlikdan tashqari Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish davlat nazorati xizmati, shuningdek farmatsevtika kompaniyalari va mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari vakillaridan iborat edi.
Mezbon tomondan tadbirda mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari va farmatsevtika mahsulotlarini rivojlantirish agentligi mas’ullari ishtirok etgan.
A.Mamatov,
O‘zA