O‘zbekiston – Turkiya: ta’lim sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan Haji Bayram Veli universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Xalqaro hamkorlik doirasida ikki oliygoh o‘rtasida yangi loyihalarni amalga oshirish jumladan, xalqaro festivallar, hamkorlikda ko‘rgazmalar tashkil etish va talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda qayd etilganidek, ushbu trening dasturi professor-o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim metodlari bo‘yicha malakasini oshirish, san’at sohasidagi global tendensiyalar bilan tanishish va xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Bu kabi hamkorlik aloqalari institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining ijodiy rivojlanishiga, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashiga hamda san’at sohasida xalqaro miqyosda tanilishiga katta hissa qo‘shadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA