O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi narxi JCH-2026'dan so‘ng ko‘tarildi
Portal O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida mundialda ishtirok etgan Jahongir O‘rozov hamda Behruz Karimovning narxini oshirdi.
Transfermarkt portali Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarning transfer qiymatlarini yangiladi.
Portal O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida mundialda ishtirok etgan Jahongir O‘rozov hamda Behruz Karimovning narxini oshirdi. Qolgan futbolchilarning bahosi o‘zgarmadi.
O‘rozovning qiymati 600 ming yevrodan 1,2 mln yevroga yetdi, Karimovning narxi esa naqd 650 ming yevroga oshdi — 350 ming yevrodan 1 mln yevroga.