O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi
Xitoyning Dalyan shahridagi “Dalian Sports Center“ stadionida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Vetnamga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Mazkur bahsning 26-daqiqasida terma jamoamiz a’zosi Oston O‘runov hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqada Husniddin Aliqulov raqib darvozasini aniq nishonga oldi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Endi futbolchilarimiz 16 oktyabr kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA