O‘zbekiston tashqi siyosati: 35 yillik taraqqiyot solnomasi
Bugun O‘zbekiston nafaqat o‘zining boy tarixi va madaniy merosi, balki tinchliksevar va ochiq tashqi siyosati, faol diplomatik tashabbuslari bilan ham jahon hamjamiyati e’tiborida. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib, dunyoning turli davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Keyingi yillarda esa Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosatda ochiqlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan yondashuvi uning xalqaro maydondagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi. Quyida diyorimizning xalqaro maydondagi eng muhim yutuq va natijalarini yillar kesimida ko‘rishingiz mumkin.
1991-yil

28-sentabr – yurtimizda shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shuningdek, poytaxtimizda Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ tashkil etildi va shoirga salobatli haykal o‘rnatildi.
21-dekabr – Olma-ota shahrida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi bitimning Bayonnomasiga imzo chekishdi hamda ushbu davlatlar tuzilmaga ta’sischi maqomida a’zo bo‘lishdi.
1992-yil

30-yanvar – Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Kengashi (EXHK) bo‘yicha Pragada bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlarining majlisida O‘zbekiston ushbu xalqaro tashkilotga qabul qilindi.
2-mart – O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Shu kuni diyorimizning davlat bayrog‘i Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida ilk bor ko‘tarildi.
10-mart – Bryusselda Shimoliy Atlantika Hamkorlik Kengashi (SHAHK)ning favqulodda majlisida o‘lkamiz ushbu tashkilot a’zoligiga qabul qilindi.
30-aprel – O‘zbekiston Respublikasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki a’zosi bo‘ldi.
13-iyul – O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo bo‘ldi.
1-sentabr – O‘zbekiston Xalqaro Qo‘shilmaslik harakatiga a’zo bo‘ldi.
1993-yil

Sentyabr oyida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) 101-sessiyasida rasman tan olindi va XOQ a’zoligiga qabul qilindi.
O‘zbekiston Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK) a’zoligiga qabul qilindi.
26-oktabr – Mamlakatimiz YUNESKO tashkilotiga a’zo bo‘ldi.
1994-yil

1-sentabr – Bonn shahrida (GFR) O‘zbekiston Respublikasining Yevropa mintaqasidagi birinchi elchixonasi ochildi.
Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl bo‘yicha Olimpiada chempioni bo‘ldi.
19-dekabr – Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasining BMT Xalqaro bolalar jamg‘armasi – YUNISEFga a’zo bo‘lib kirishini nazarda tutuvchi Bitim imzolandi.
1995-yil

16-yanvar – O‘zbekiston Sloveniya Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
18-yanvar – O‘zbekiston Serbiya Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
6-fevral – O‘zbekiston Xorvatiya Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
7-sentabr – O‘zbekiston Kambodja Qirolligi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
2-oktabr – O‘zbekiston Ozarbayjon Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
6-oktabr – O‘zbekiston Ruminiya va Senegal davlatlari bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
27-oktabr – O‘zbekiston Armaniston Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
1996-yil

16-aprel – Germaniyaning Gamburg shahrida professional boks tarixida birinchi bor yurtimiz vakili – toshkentlik sportchi Artur Grigoryan jahon chempioni bo‘ldi.
15-iyul – O‘zbekiston Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
1997-yil

25-avgust – 2-sentabr kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” I xalqaro musiqa festivali o‘tkazildi. Unda 31 davlatdan musiqiy jamoalar va ijodkorlar ishtirok etdi.
19-oktabr – Buxoro shahrining 2500-yilligi nishonlandi.
20-oktabr – Xiva shahrining 2500-yilligi nishonlandi.
1998-yil

22-may – O‘zbek alpinistlaridan birinchi bo‘lib Rustam Rajabov Everest cho‘qqisini zabt etib, u yerda o‘lkamiz bayrog‘ini o‘rnatdi.
31-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
1999-yil

6-yanvar – Mamlakatimizda “Ibn Sino” jamoat fondi tashkil etildi.
1-2-may kunlari Toshkentda kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkazildi. Unda dunyoning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi. Buxorolik Akobir Qurbonov, Kamol Murodov va boshka o‘zbek kurashchilari dastlabki jahon chempionlari bo‘lishdi.
2000-yil

Sportchimiz Muhammadqodir Abdullayev Sidneydagi yozgi Olimpiada o‘yinlarida mustaqil O‘zbekiston tarixida boks bo‘yicha birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
2001-yil

15-iyun – Shanxay shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy va Tojikiston davlatlari rahbarlari tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) tuzilishi haqida Deklaratsiya imzolandi.
Finlyandiyada o‘tkazilgan YUNESKOning 25-sessiyasida Samarqand “Madaniyatlar kesishgan shahar” sifatida me’moriy-tarixiy yodgorliklarning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
2002-yil

12-mart – Vashingtonda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi.
2003-yil

Mamlakatimizda buyuk alloma Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi nishonlandi.
2004-yil

Tripoli shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha 17-jahon chempioni unvonini olishga sazovor bo‘ldi.
2005-yil

21-may – O‘zbekiston Komor orollari bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
14-noyabr – O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
2006-yil

Yurtimizda ilk bor “Oltin qalam” xalqaro tanlovi o‘tkazildi. Unda respublikamizning turli hududlaridan 136 nafar jurnalist 1669 ta ijodiy ish bilan ishtirok etdi.
2007-yil

Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti – ICESCO Toshkentni Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi.
25-avgust – Yurtimizda Samarqand shahrining 2750-yilligi keng nishonlandi.
2008-yil

“Shashmaqom musiqasi” YUNESKO tomonidan “Insoniyatining nomoddiy madaniy merosi durdonasi” deb tan olindi.
2009-yil

Buyuk olim va mutafakkir Mirzo Ulug‘bek tavalludining 615 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Astronomiya instituti huzurida Astronomiya muzeyi ochildi.
2010-yil

27-may – Garvarddagi xalqaro Kichik sayyoralar markazi o‘zbekistonlik olimlar tomonidan kashf qilingan kichik sayyora – “Samarqand”ni 70135-sonli sirkulyarida qayd etdi.
2011-yil

26-avgust – Toshkent va Samarqand shaharlari o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdining ilk qatnovi amalga oshirildi.
2012-yil

15-fevral – Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi instituti ochildi.
12-avgust – London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar: erkin kurash bo‘yicha Artur Taymazov oltin, Soslan Tigiyev – bronza, boks bo‘yicha Abbos Atoyev bronza, dzyudo bo‘yicha Rishod Sobirov bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
7-oktabr – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-16) mamlakatimiz tarixida ilk bora Osiyo chempioni degan sharafli unvonni qo‘lga kiritdi.
2013-yil

30-aprel – Poytaxtimizda kimyo fani bo‘yicha o‘tkazilgan 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida O‘zbekiston yoshlari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
21-iyun – Buxoro xalqaro aeroporti Moskvadagi “Aeroport” fuqaro aviatsiyasi Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan “MDH mamlakatlari orasida yilning eng yaxshi aeroporti” deb topildi.
2014-yil

Iyul oyida o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov o‘z jamoasi bilan Braziliyada bo‘lib o‘tgan JCH-2014da to‘rtta o‘yinda hakamlik qildi.
2015-yil

29-yanvar – Xalqimizning milliy sport turi – kurash 2018-yili Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi.
2016-yil

5–21-avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 21-o‘rinni band etdi. Shuningdek, O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo davlatlari orasida to‘rtinchi, MDH davlatlari orasida ikkinchi, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi.
2017-yil

Xalqaro “World Happiness Report” hisobotida yurtimiz “MDHda eng baxtli mamlakat” deya e’tirof etildi.
2018-yil

26-yanvar – O‘zbekiston Nepal Federal Demokratik Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
15-mart – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida ilgari surilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Birinchi maslahat uchrashuvi Ostona shahrida o‘tkazildi.
2019-yil

15-oktabr – O‘zbekiston Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT)ning to‘laqonli a’zosiga aylandi.
11-oktabr – O‘zbekiston Grenada bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
2020-yil

Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro va Navoiy xalqaro aeroportlarida xorijiy aviakompaniyalar uchun “Ochiq osmon” rejimi joriy qilindi.
“Lonely Planet” xalqaro nashri yurtimizni Markaziy Osiyoda yilning 1-raqamli turistik yo‘nalishi deb e’lon qildi.
2021-yil

3-fevral – O‘zbekiston San-Marino Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
14-may – O‘zbekiston Dominika Hamdo‘stligi o‘lkasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
29-noyabr – O‘zbekiston Panama Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
2022-yil

9-mart – O‘zbekiston Avliyo Kristofer Federatsiyasi (Sent-Kits va Nevis) bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
10-may – O‘zbekiston Sent-Vinsent va Grenadin orollari bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
13-iyun – O‘zbekiston Antigua va Barbuda bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
10-oktabr – O‘zbekiston Gayana Kooperativ Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasining final bosqichida O‘zbekiston Gollandiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. O‘zbekiston terma jamoasi 11 tur yakuniga ko‘ra, 19 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab, mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa maqomini saqlab qoldi.
2023-yil

28-aprel – O‘zbekiston Serra-Leone Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
15-iyun – O‘zbekiston Trinidad va Tobago respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
19-sentabr – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammitida ishtirok etdi.
16-20-oktabr – Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. Unda 140 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. Sessiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi.
2024-yil

18-yanvar – O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
5-mart – O‘zbekiston Lixtenshteyn Knyazligi va Beliz bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
14-mart – O‘zbekiston Gambiya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
2-may – O‘zbekiston Jibuti Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
23-sentabr – O‘zbekiston Kabo-Verde Respublikasi va Seyshel orollari Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
24-sentabr – O‘zbekiston Burundi Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
26-sentabr – O‘zbekiston Botsvana Respublikasi, Liberiya Respublikasi, Togo Respublikasi va Bagama orollari hamdo‘stligi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
2025-yil

31-mart – O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari Xo‘janddagi uch tomonlama uchrashuv yakunida davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnomani imzoladilar. Uch mamlakat chegaralari tutashgan hududda “Do‘stlik” stellasi tantanali ravishda ochildi.
5-9-aprel – Toshkent shahrida Xalqaro parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley sessiyasi o‘tkazildi. Anjumanda dunyoning 180 ta mamlakatidan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etdi.
19-may – Termiz shahrida “Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish” mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha “Termiz muloqoti”ning birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Forum Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Amerika, Yaqin Sharqdan 200 ga yaqin ishtirokchilarni jamladi.
30-oktabr - 13-noyabr – Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazildi. Mazkur tadbir 40 yildan so‘ng birinchi marta Parijdagi an’anaviy shtab-kvartirasidan tashqarida o‘tkazilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Sessiyaning Samarqandda o‘tkazilishi YUNESKOning 80 yilligiga to‘g‘ri keldi. Anjumanda YUNESKO kotibiyatidan 400 kishi va tashkilotga a’zo barcha 194 ta davlatdan 6 mingga yaqin delegatlar ishtirok etdi.
2026-yil

22-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi va yurtimiz rasman mazkur kengashga qo‘shildi.
27-mart – O‘zbekiston Lesoto Qirolligi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
19-aprel – O‘zbekiston Ruanda bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
24-aprel – O‘zbekiston Gvineya-Bisau Respublikasi bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi.
23-avgust – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatlarimiz o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.
YUNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan 48-sessiyasida “Toshkent modernizm me’morchiligi. Markaziy Osiyoda zamonaviylik va an’analar” milliy nominatsiyasi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Shu bilan Toshkentning XX asr ikkinchi yarmiga oid 10 ta noyob me’moriy inshooti xalqaro miqyosda e’tirof etildi.
O‘tkir ALIMOV,
O‘zA