O‘zbekiston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda (+video)
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda quyidagicha tasniflanadi:
Doimiy aholi soni – 38 519,5 ming kishi, bunda erkaklar soni – 19 400,6 ming nafar, ayollar soni – 19 118,9 ming nafarni tashkil etmoqda.
Aholining shaharda yashovchilar qismi – 19 608,9 ming kishi va qishloqlarda – 18 910,6 ming kishi istiqomat qilib kelmoqda.
Umumiy nikohlar soni – 92,3 mingta, nikohdan ajralishlar soni esa – 24,8 mingtani ko‘rsatmoqda.
Tashqi migratsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yurtimizga ko‘chib kelganlar soni – 1 649 kishini va ko‘chib ketganlar soni esa– 5 422 kishini tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, ro‘yxatga olishning yakuniy natijalari e’lon qilinganidan so‘ng doimiy aholi soni belgilangan tartibda, ro‘yxatga olish natijalari asosida e’lon qilinadi. Shu munosabat bilan, 2026-yil 1-iyul holatiga demografik ko‘rsatkichlar joriy hisob-kitoblar — Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar integratsiyasi asosida shakllantirilgan.
<iframe width="650" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/Ngt2Ie1bmcM" title="O‘zbekiston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA